1

Futbol klubning 15 a`zosi koronavirus yuqtirdi

Sport 19.03.2020, 12:07
Futbol klubning 15 a`zosi koronavirus yuqtirdi

"Alaves"ning matbuot xizmati klubning 15 a`zosi COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganini e`lon qildi. Bu haqda xuman internet nashri xabar bermoqda. 

Ulardan 3 nafari asosiy tarkib futbolchilari, 7 nafari murabbiylar, 5 nafari klub xodimlari hisoblanadi. Ayni paytda bemorlar o`zini yaxshi his qilmoqda. Ularda kasallik alomatlari namoyon bo`lmagan.

Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti (BST) ma`lumotiga ko`ra, 18 mart holatiga Ispaniyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 13910tani, vafot etganlar soni 623tani, sog`ayib ketganlar soni 1081tani tashkil qiladi. Ayni paytda mamlakatda barcha sport musobaqalari to`xtatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1