Xitoy hukumati koronavirus bilan kasallanganlarni tezroq davolaydigan samarali dori topilgani haqida bayonot berdi. Bu haqda NHK xabar bermoqda, deya yozdi Tarjumon.
Biotexnologiyalarni rivojlantirish milliy markazi rahbari Chjan Sinminning so`zlariga ko`ra, «Avigan» nom ostidagi dori Uxan va Shenchjen shaharlarida 320 nafar kasallanganlarda sinovdan o`tkazilgan.
Koronavirus bilan kasallanganlar orasidan ushbu dorini qabul qilganlarda ikki kun ichida yuqori tana haroratini tushirishga muvaffaq bo`lingan, vaholaki bu jarayon odatda to`rt kundan ko`proq vaqtni olar edi. Shuningdek, preparatni qabul qilmaganlar kabi olti kunda emas, balki o`rtacha 4, 5 kun ichida yo`taldan xalos bo`lishlari aniqlandi. Bundan tashqari, tadqiqot bemorlarning 91 foizida o`pka holati yaxshilanganligini ko`rsatdi.
Ta`kidlanishicha, “Avigan” ochiq qarshi nojo`ya ta`sirga ega emas. Uni qabul qilgan bemorlar besh kun ichida koronavirusdan davo topishgan. Dori-darmonlarni qabul qilmagan odamlar esa o`rtacha 11 kunda tuzalib ketishdi.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 212 mingdan oshdi. Shu bilan birga, 84,200 kishi tuzalishga muvaffaq bo`lishdi va 8835 kishi vafot etdi.