Hindistonning Chatra qishlog`ida insonni hayratga soluvchi ajoyib voqea yuz berdi. Bu erda yashovchi ona fil loy va suv aralashgan eski quduqning o`rnida paydo bo`lgan chuqurchaga tushib ketgan bolasini to`xtovsiz 11 soat davomida qutqarishga urundi. Guvohlarning aytishlaricha, ona fil bolasini avvaliga hartumi bilan trtib chiqarmoqchi bo`lgan, uni chiqarishning imkoni bo`lmagach, oyoqlarini bolasiga qarata cho`zgan, biroq kuchi etmagan.
Shundan so`ng, u bor ovozi bilan baqirib, atrofdagilarni yordamga chaqira boshlagan. Atrofda yig`ilganlar va mutaxassislar ona filni chalg`itishga urunib, cho`nqirni kattaroq qazishga harakat qilishgan. Faqat shundan so`nggina ona fil bolasini hartumi yordamida chuqurchadan chiqarib olishga muvaffaq bo`lgan.