AsosiyDunyo

«Hammasi unchalik yomon emas»: Isroil shifokorlari koronavirus haqidagi fikrlarini o`zgartirishdi

'«Hammasi unchalik yomon emas»: Isroil shifokorlari koronavirus haqidagi fikrlarini o`zgartirishdi'ning rasmi

Koronavirus pandemiyasi kutilganidan ko`ra osonroq kechadi, ammo o`z navbatida karantin choralari sog`liqni saqlash tizimi zimmasidagi yukni kamaytirishi mumkin, dedi Isroilning etakchi shifokorlari RIA Novosti bilan o`tkazilgan intervyuda.

«Agar siz koronavirus bilan kasallanib qolganbo`lsangiz ham, bu oxiri zamon emas. Bu kasallik 84% hollarda oson, ba`zi odamlar hatto kasal bo`lganlarini bilishmaydi. Odamlarning 16% uchun bu jiddiy kasallik, ularning 2 dan 5% gachasiga, balki shamollatgichga ehtiyoj bo`lar. O`lim foizlari Xitoyning Xubey provinsiyasidan eshitganimiz kabi unchalik katta emas. Raqamlar nisbatan ancha past. Agar epidemiologik nuqtai nazardan qaraladigan bo`linsa, bu kasallik biz boshida o`ylagandan ko`ra ancha engil», – deya bayonot berdi RIA Novostiga Isroilning eng yirik «Shiba-Tel-A-Shomer» nomli klinik markazi direktori, Professor Afek Arnon.

Seshanba kuni Isroilda koronavirus tashxisi qo`yilganlar soni 324 kishidan oshgan edi. Besh nafar bemorning ahvoli og`ir. Epidemiya boshlanganidan beri “Shiba” kasalxonasi hozirda COVID-2019 bilan kasallangan o`nlab bemorlarni davolaydigan asosiy markazga aylangan edi.

«Shiba, koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun birinchi milliy markazini yaratgan birinchi tibbiy markaz bo`ldi. Biz uni kasalxonadan tashqarida, ya`ni koronavirus bilan og`rigan bemorlarni boshqa bemorlardan ajratish uchun qurdik. Avvaliga bu Diamond Princess layneridan kelganlar uchun karantin markazi edi. Hozir esa koronavirus bilan kasallangan bemorlar uchun markaz. Hozir u erda 40 dan ortiq bemor joylashishi mumkin, shu jumladan og`ir ahvoldagi bemorlar uchun 4 kishilik o`rin ham bor», dedi Arnon.

Klinika direktori o`rinbosarining so`zlariga ko`ra, hozir kasalxonada og`ir kasallar uchun maxsus bino jihozlanmoqda. Shifoxonaga COVID-19 ni yuqtirganlik shubhasi bilan kelgan bemorlar, boshqa bemorlar bilan to`qnash kelishmaydi. Ular uchun alohida qabulxona tashkil qilingan va jihozlangan korpuslar boshqa bo`limlardan alohida ajratib joylashgan.

Professor koronavirusning asosiy xavfini vaksina yo`qligida ko`radi. Uning fikricha, aynan shu sabab Italiyada kasallik keskin oshib ketishiga olib kelgan bo`lib, bunday xolatda tizim keskin oshib ketgan ushbu yukka bardosh bera olmadi. «Italiyada bir kechada juda ko`p odamlar kasallandilar, bu cho`qqiga chiqdi. Shu sababli, Italiya sog`liqni saqlash tizimi, garchi u juda yaxshi bo`lsada, unga qarshi tura olmadi. Biz unga karantin yordamida kurashishni istaymiz. Shuning uchun odamlar karantin qoidalariga beparvo bo`lmasliklari kerak», – dedi shifoxona direktorining o`rinbosari.

Isroil Sog`liqni saqlash vazirligining Xalqaro aloqalar departamenti direktori doktor Asher Salmon ham karantinni sog`liqni saqlash tizimidagi yukni kamaytirishning samarali usuli deb hisoblaydi. «Karantin, epidemiya tarqalishini sekinlashtirish uchun muhim ahamiyatga ega. Bir tomondan, biz shifoxonalarga biroz nafas olish imkoniyatini beramiz, ikkinchidan, yozga yaqinlashamiz. Va biz bu mavsumiy virus bo`lib, yozda uning faolligi pasayadi deb umid qilamiz. Uchinchidan, balki, yangi dorilar va vaksina paydo bo`lar. Shuning uchun hozir bemorlar to`lqinini kamaytirish juda muhimdir», dedi doktor Salmon.

Isroil sog`liqni saqlash tizimining vakillari ogohlantirishiga ko`ra, bemorlar soni keskin ko`paygan taqdirda karantin choralari kuchaytirilishi mumkin va asosiy xavf ostida bo`lgan keksa odamlar hozirdanoq uyidan tashqariga chiqmasliklari va agar zarur bo`lmasa odamlar to`planadigan joyga bormasliklari kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar