AsosiyDunyo

Rossiya gazining Yevroittifoqdagi ulushi yana oshmoqda

Bu borada mamlakat uchinchi o‘rinda turibdi.

'Rossiya gazining Yevroittifoqdagi ulushi yana oshmoqda'ning rasmi

Rossiyaning gaz eksporti ulushi Yevropa ittifoqi importlari tarkibida yana o‘sishni boshladi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan keyin keskin pasaygan edi.

2022 yilning birinchi choragida Rossiyadan kelgan gazning Yevroittifoqdagi ulushi 34 foizni tashkil etgan (ikkinchi o‘rinda 25 foiz bilan Norvegiya bo‘lgan). Ammo 2023 yilning ikkinchi choragiga kelib, Rossiya gazining ulushi 14 foizga tushgan. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytdan boshlab import yana o‘sishni boshladi.

2024 yilning birinchi choragida Rossiya gazi Yevropa ittifoqining umumiy gaz importining 19 foizini tashkil etdi. Rossiya gaz yetkazib berish bo‘yicha Norvegiya (34%) va AQSH (20%)dan keyingi o‘rinda turibdi, ammo Jazoir (13%) va Ozarbayjon, Qatar, Buyuk Britaniya hamda boshqa mamlakatlardan birgalikda yetkazib berilayotgan gazni (14%) ortda qoldirdi.

Bruegel tahlil markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqining gaz importi qiymati 2022 yil boshlarida eng yuqori nuqtaga yetgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:37

    AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi

    AQShda fuqarolikdan chiqish uchun undiriladigan to‘lov 2 350 dollardan 450 dollargacha tushirildi.

    'Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:02

    Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan

    Ma'lum qilinishicha, u hujumdan biroz oldin uyidan chiqib ketgan.

    'Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi amalga oshirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:58

    Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi amalga oshirildi

    Iroq Mudofaa kuchlari kecha kechasi Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga yo‘naltirilgan dron hujumini qaytardi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 16.03.2026 14:13

    'Tel-Avivda yirik yong‘inlar va qalin tutun kuzatilgani aytilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 16.03.2026 04:42

    Tel-Avivda yirik yong‘inlar va qalin tutun kuzatilgani aytilmoqda

    Hozirda hududdagi vaziyat keskinligicha qolmoqda, voqealar tafsilotlari esa aniqlashtirilmogda.

    'Gʻarbiy Germaniya Isroilning Dimona yadroviy reaktorini qurilishiga yashirin mablagʻ ajratgan — OAV'ning rasmi

    Dunyo 16.03.2026 02:55

    Gʻarbiy Germaniya Isroilning Dimona yadroviy reaktorini qurilishiga yashirin mablagʻ ajratgan — OAV

    Isroilning Dimona shahridagi yadroviy reaktor loyihasining katta qismi Gʻarbiy Germaniya tomonidan yashirin moliyalashtirilgani aytilmoqda.