AsosiySiyosat

Kiprda O‘zbekistonning birinchi elchisi ish boshladi

O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997 yilda o‘rnatilgan.

'Kiprda O‘zbekistonning birinchi elchisi ish boshladi'ning rasmi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev (qarorgohi Rim shahrida joylashgan) Kipr Respublikasi Prezidenti Nikos Xristodulidisga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA .

Kipr Respublikasi yetakchisi xorijiy diplomatlardan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimidagi nutqida yangi elchilarni samimiy qutlab, ularga o‘z vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi, shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda munosib hissa qo‘shishiga umid bildirdi.

Kipr Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston bilan munosabatlar istiqbollariga alohida to‘xtaldi. "O‘zbekiston bilan ikki tomonlama, shuningdek Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz" – dedi Prezident Nikos Xristodulidis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997 yil 30 mayda o‘rnatilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha AQSH bilan muzokaralarni yakunladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:16

    O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha AQSH bilan muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston 1994 yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan va 2020 yildan buyon bu yo‘nalishda faol ish olib bormoqda.

    '184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 10:54

    184 nafar rahbar o‘ziga biriktirilgan kambag‘al oila xonadoniga biror marta bormagan — Prezident

    Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

    'Endi qurilish sabab atmosferani ifloslantirgan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 13.12.2024 08:16

    Endi qurilish sabab atmosferani ifloslantirgan mansabdorlar javobgarlikka tortilishi mumkin

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, 500 kv.m.lik ochiq qurilish maydonidan yiliga o‘rtacha 50 tonna chang va qum havoga ko‘tariladi.

    'Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 11.12.2024 15:29

    Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘lishi kutilmoqda

    Bungacha Ishmetov prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

    'Markaziy bank raisi vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda'ning rasmi

    Siyosat 11.12.2024 12:43

    Markaziy bank raisi vazifasidan ozod etilishi kutilmoqda

    Prezident tomonidan Senatga taqdimnoma kiritildi.

    'Yangi Zelandiya va Venesuelaning O‘zbekistondagi Elchilari tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 10.12.2024 08:26

    Yangi Zelandiya va Venesuelaning O‘zbekistondagi Elchilari tayinlandi

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov yangi elchilardan ishonch yorliqlarni qabul qilib oldi.