AsosiyDunyo

The Financial Times gazetasi ham Donald Trampni "Yil odami" deb topdi

Nashr Trampning qayta saylanishini “zamonaviy AQSH tarixidagi eng dramatik qaytish" deb atagan.

'The Financial Times gazetasi ham Donald Trampni "Yil odami" deb topdi'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning The Financial Times gazetasi ham Donald Trampni "Yil odami" deb e’lon qildi. 

Gazeta maqolasida keltirilgan fikrlarga ko‘ra, Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddatida Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordamni qirqish, Yevropa Ittifoqining jipsligini zaiflashtirish, shuningdek, Xitoy bilan bitim tuzish yoki savdo urushini boshlashi kutilmoqda.

“Bu yilgi saylovlarda Tramp hokimiyat tepasiga qaytishiga oid o‘ziga xos jihatlari bois The Financial Times gazetasi tanloviga aylandi. Endi Trampni tasodifiy hodisa deb hisoblab, ahamiyat bermaslik mumkin emas”, deyiladi maqolada.

Kattagina hajmdagi ushbu maqolaning satrlari orasida norozilik kayfiyatini ham payqash mumkin. Nashr Trampning qayta saylanishini “zamonaviy AQSH tarixidagi eng dramatik qaytish" deb atagan.

Maqola shunday eslatma bilan yakunlanadi: "Ba’zilar Tramp 2.0 yangi tartibni emas, balki betartiblikni anglatadi, deb taxmin qilishmoqda. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Trampning qaytishi AQSH siyosati va diplomatiyasida pulga asoslangan yangi zarhal asrning boshlanishidan darak beradi." 

Ta’kidlash joiz, mohiyatiga ko‘ra The Financial Times gazetasi avvaldan ham Donald Trampning muxlisi bo‘lmagan. Masalan, gazeta noyabr oyida uning Madison Square Garden namoyishlarini “irqchilik ufurib turibdi" deb ta’riflagan edi. Tramp saylovlarda g‘olib chiqqach, "Global iqtisodiyot Tramp zarbasidan shokka tushishga tayyorlanmoqda" degan sarlavhada maqola chop etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Time haftalik jurnali ham Donald Trampni “Yil odami” deb e’lon qilgan edi. 

                                         Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30