Koronavirus inqirozi Sharqdan G`arbga ko`chmoqda. Xitoy epidemiyaning tarqalishi batamom to`xtaganini ma`lum qilayotgan bir paytda Italiyada virus qurbonlari soni Chin yurtdidagidan oshib ketdi. Bu haqda tarjumon.uz yozmoqda. AQShda esa infeksiyani yuqtirib olganlar 10 mingdan ortiqni tashkil qilmoqda.
19 mart kungi ma`lumotlarga ko`ra, 60 million aholiga ega bo`lgan Italiyada kamida 3,405 ta odam virus qurboniga aylandi. Aynan shu kuni Xitoyning Uhan shahrida bironta ham virus yuqtirib olgan odam qayd etilmadi. Bu kommunistik mamlakatda karantin virus tarqalishini to`xtatishda ish berganidan dalolat bermoqda.
Mutaxassislar Italiyada virusdan bunchalik ko`p odamlarning vafot etishiga turli xil sabablar borligini aytishmoqda. Italiya aholisining deyarli to`rtdan bir qismi-aniqrog`i 23 foizi 65 yoshdan oshgan keksalar ekanligi qurbonlar sonining ko`pligining asosiy omillaridan deb hisoblanmoqda. Chunki mamlakatda koronavirusdan o`lganlarning 87 foizi 70 yoshdan oshganlardir.
Ayni paytda dunyo bo`ylab qurbon bo`lganlarning soni 10,000 kishiga etdi, kasallanganlarning umumiy soni 220,000 dan oshdi. Bemorlarning 85,000 nafari tuzalib ketgan.