AsosiyJamiyat

Sudyalar oliy kengashi tarkibi saylanish orqali shakllantiriladi

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

'Sudyalar oliy kengashi tarkibi saylanish orqali shakllantiriladi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Sudlarning faoliyatiga oid konstitutsiyaviy kafolatlar kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.

— Mazkur qonun loyihasi bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining normalari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda, — dedi deputat Davron Aripov. — Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunga Sudyalar oliy kengashi tarkibi, xususan, Kengash raisi, rais o‘rinbosari, uning a’zolari va kotibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylanishi, shuningdek, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Sudyalar oliy kengashining raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilmoqda.  

Shuningdek, shaxslarning nafaqat davlat organlari, balki boshqa tashkilotlarning ham qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi mustahkamlanmoqda. Aybsizlik prezumpsiyasi va “Habeas korpus” institutini yanada qaror toptirishga oid qoidalar aks etmoqda. Qonun loyihasining qabul qilinishi sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash hamda shaxsning huquq va erkinliklarining sud orqali himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi, — dedi deputat.  

Shuningdek, ma’ruzachi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida deputatlar tomonidan berilgan takliflarning loyihada qay darajada aks etgani bo‘yicha ham ma’lumot berib o‘tdi.  

Muhokamalarda qayd etilganidek, Sudyalar oliy kengashi raisi, rais o‘rinbosari va a’zolari saylanishi sud islohotlaridagi muhim qadam bo‘ldi, bu tajriba qonuniylikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Moddama-modda muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

    'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:19

    Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

    Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

    'O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:15

    O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

    Kompaniya frantsuz kompaniyasining brendini eslatuvchi belgidan noqonuniy foydalangan.

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.

    'O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi

    Yangi nizom retsipient va donorlarni tekshirish, xulosa berish hamda transplantatsiya jarayonini amalga oshirish qoidalarini aniq belgilaydi.