Hindistonning Kashmir tumanidagi qishloqlarda bir necha hafta davomida yog`gan kuchli yomg`ir natijasida ayrim joylarida o`pirilish sodir bo`lgan.
Ayni damgacha o`pirilish oqibatida 17 kishi hayotdan ko`z yumgan. Kashmirning yuzlab fuqarolari o`z uylarini tark etishga majbur bo`lishmoqda. Hukumat vakillari bedarak yo`qolganlarni qidirish va hayoti havf ostida qolayotgan boshqa fuqarolarni qutqarish ishlarini olib borishmoqda.