Rio-de-Janeyro shahrida o`tadigan navbatdagi yozgi Olimpiya o`yinlarining tashkilotchilari turnir chiptalari narhini e`lon qilishdi. Chiptalar asta-sekinlik bilan sotuvga chiqarilmoqda, deya xabar beradi sports.uz nashri "Reuters" agentligi ma`lumotlari asosida.
Rio Olimpiadasiga jami 7,5 million chipta chiqariladi. Ular orasida eng arzoni 49 Braziliya reali (7,5 AQSh dollari)ni tashkil etadi. Eng qimmat biletlar esa engil atletika, basketbol, voleybol va sohil futboli bahslarining final bellashuvlariga to`g`ri keladi. Ushbu bahslarni tomosha qilishni istagan muxlislardan 1200 real (375,78 dollar) to`lashi talab etiladi.
Ochilish marosimiga kirish huquqini eruvchi chipta narhi esa 4600 real (1440 dollar)ni tashkil etadi.





