Bahor bahuzur nafas olish uchun allergenlardan uzoqroq yuring

Salomatlik 02.04.2015, 17:35
Bahor bahuzur nafas olish uchun allergenlardan uzoqroq yuring

Menga bronxil astma tashxisini qo`yishgan. Dardim bahor kelishi bilan avj oladi. Bu kasallik haqida to`liq ma`lumot bersangiz.

Zuxra. Buxoro

Savolga tibbiyot fanlari nomzodi, allergolok Fotima Yo`ldosheva javob beradi:

Bronxial astma tufayli aziyat chekkan bemorlar avvalo shun unutmasliklari kerakki, bu kasallik bilan og`rigan  barcha bemorlar uchun yagona yoki bir xil andozadagi (standart) davolash usuli yuq, har bir bemorni davolashda uning yoshi, ruhiy holati va boshqa kasalliklarini ham e`tiborga olgan xolda alohida  yo`l tutish talab kilinadi.

BELGILARI

Bronxial astmaning asosiy belgilari quyidagilar:

  • vaqti-vaqti bilan tutib turuvchi yo`tal,
  • ko`krak qafasining siqilishi (ko`krak qafasi ustida og`irlik his qilish), bronxlarning har xil omillarga sezgirligining ortib ketishi,
  • bo`g`ilish xuruji.

Davosi bormi?

Bronxial astmani davolash mumkinmi-yuqmi, degan savol ko`pchilik bemorlarni xavotirga soladi. Astmani davolashda bronxlarni ken­gaytiruvchi vositalardan  tashqari yallig`lanishga qarshi preparatlarni qo`llash ham maqsadga muvofiqdir.

Agar bemorning yaqinlarida astma qayd etilgan bo`lsa, bemorda xam irsiy moyillik bo`lishi mumkin. Bemorda bronxlarning patologik reaksiyasi (kasallik rivojlanishiga moyillik) doimo saqlanib qoladi.

Shunga qaramay, o`z holatini muntazam nazorat qilib borish, yallig`lanishga qarshi kurashish, xuruj yuzaga kelishiga yo`l qo`ymaslik bilan bronxial astma kasalligini bemalol boshqarish mumkin. Agar kasallikni davolash va oldini olish chora-tadbirlari to`g`ri olib borilsa, uzoq vaqt davomida kasallik belgilarining bo`lmasligi va astma be­morning yashash tarzida ko`rinish bermasligi mumkin.

Ko`p xollarda muntazam ravishda dori qabul qilib turishga to`g`ri keladi. Bu narsa ko`pchilik bemorlarga yoqmaydi. Chunki ular o`zlarini «bir umr doriga qaram bo`lib qoldim» deb xisoblaydilar.

Profilaktika maqsadida bir kunda 2-3 mahal dori qabul qilib yurish bemordan ko`p mehnat talab qilmaydi. Biroq buning evaziga bemor bronxial astma kasalligi og`ir asoratlarining oldini olgan bo`ladi.

Kasallik yuzaga kelishidagi asosiy omillar

Bronxlar spazm yoki astma xuruji yuzaga kelishining aso­siy omillari nimadan iborat?

Xususan, allergik sabablar: uy changi, xayvonlarning yungi, daraxt gullarining changi va boshqalar;

Noallergik sabablar: sovuq havo, jismoniy zo`riqish, ruhiy tushkunlik va boshqalar.

Astma bilan kasallangan bemor­ iloji boricha allergenlardan uzoqroq yurishi lozim.

Allergenlar to`rtta asosiy guruhlarga bo`linadi.

  1. O`simlik changlari.
  2. Uy-ro`zgor allergenlari.
  3. Epidermal allergenlar (uy xayvonlarining yungi va ularning hayot faoliyati jarayonidagi mahsulotlari)
  4. Oziq-ovqat allergenlari.

Sovuq havo, virusli infeksiya, o`tkir hidlar, asabiylashish holatlari allergen bo`lib hisoblanmaydi. Birok bu omillar ham astma xurujini keltirib chiqaradi.

Allergiyaga va bronxlar sezgirligiga qarshi qanday kurashish mumkin?

Birinchi navbatda, allergenlar miqdorini kamaytirish yoki iloji bo`lsa umuman allergenlarga duch kelmaslikka harakat qilish kerak.

Uy sharoitida allergiya yuzaga kelishining oldini olish uchun nimalar qilish kerak?

1. Har kuni namlangan latta bilan changlarni artib chiqish.

2. Xonalarni shamollatish.

  1. O`ziga chang yig`uvchi jihozlar (yumshok, mebellar, gilamlar, og`ir darpardalar) ni uydan chiqarib tashlash.
  2. Kitob saqlanadigan javonlarni albattga oyna bilan yopish.
  3. Uy ishlarini (supurish-sidirish, chang artish) iloji bo`lsa bemordan boshqa kishi bajargani ma`qul, agar buning iloji bo`lmasa namlangan niqob bilan nafas yo`llarini to`sgan holda bajarish kerak. Zamonaviy kuchli changyutgichlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
  4. Uy xayvonlarining yungi, qazg`og`iga allergiya kuzatilgan hollarda ularni xonadonlarda saqlamaslik tavsiya etiladi.

Feruza NAJIMOVA tayyorladi

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1