"Nu, pogodi" multfilmi ijodkorlaridan yana yangi 52 qism taqdim etiladi

Madaniyat 20.03.2020, 23:08
"Nu, pogodi" multfilmi ijodkorlaridan yana yangi 52 qism taqdim etiladi

"Soyuzmultfilm" rahbari Yuliya Slashcheva «Senimi, shoshmay tur!» multsserialining yangi epizodlari zamonaviy tomoshabinlar uchun qayta taqdim etish rejalashtirilayotganini ma`lum qildi, deb xabar beradi "Kinopoisk".

Slashchevaning so`zlariga ko`ra, ular Quyon va Bo`ri tarixini nafaqat o`zgartirish, balki bosh qahramonlarni zamonaviylashtirish niyatida.

"Bu uning klassik ma`nodagi davomi bo`lmaydi. ‘Senimi, shoshmay tur!’ — bu texnik jihatdan o`zgartirilgan, biroq serial qahramonlari va g`oyasi saqlanib qolgan holda to`liq qaytadan taqdim etiladigan varianti. Yangi syujetlar bo`ladi, zamonaviy uslubda suratga olinadi va qayta ko`rib chiqiladi, ikkinchi darajali yangi personajlar paydo bo`ladi", — deydi Slashcheva.

Multfilmning yangi qismlarini yaratishda kvazi-3D texnikasidan foydalanilib, ularni maksimal darajada orginal uslubiyatiga yaqinlashtirishga harakat qilinadi. Shu bilan birga multfilm janri o`zgarishsiz qoladi.

"Senimi, shoshmay tur!» qahramonlarini ovozlashtirishga taniqli aktyorlar jalb etilishi kutilmoqda.

Multserial 6—8 yoshli tomoshabinlarga mo`ljallangan, har bir seriyaning xronometraji esa 7 daqiqa bo`ladi. Jami 52 ta epizodni taqdim etish rejalashtirilgan.

Ma`lumot o`rnida

«Senimi, shoshmay tur!» multfilmining birinchi qismi 1969 yil may oyida ekranlarga chiqqan. Jami 20 ta qism suratga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1