AsosiyDunyo

Hindistonda yuz qismi filnikiga o`xshash qizaloq dunyoga keldi

Shu yilning 26 mart kuni Hindistonning Aligarx qishlog`ida yuz qismi filnikiga o`xshash qizaloq dunyoga keldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, qizaloqni ko`rish uchun mamlakatning turli chekkalaridan qo`llarida turli sovg`a-salomlar bilan odamlar kelishayapti. Qizaloq oiladagi to`rtinchi farzand. Uning otasi bir kunda 250 rupiy (5,17 AQSh dollari) miqdoridagi mablag`ni ishlab topadi. U qizining bu ko`rinishda tug`ilishi bejiz emas, deya bu unga oilani ta`minlashga yordam berishiga ishonmoqda.

Olimlarning fikrlariga ko`ra esa, bu  genetik mutasiya oqibatida sodir bo`lgan holat. Bunday genetik mutasiya odatda insonning to`yib ovqatlanmasligidan ham kelib chiqishi mumkin ekan.

 

    Boshqa yangiliklar