1

O`zbekiston 2015 yilda ekologiya uchun 250 million dollar sarflaydi

Jamiyat 03.04.2015, 14:03
O`zbekiston 2015 yilda ekologiya uchun 250 million dollar sarflaydi

O`zbekiston hukumati 2015 yilda mamlakta sanoat sohasi korxonalarining ekologik dasturlari uchun 250 million dollar yo`naltiradi. Bu haqda kun.uz xabar bermoqda.

“Ushbu loyihalar paxta tozalash, kimyo, metallurgiya sohasi korxonalarini belgilangan ekologik talab va normalarga muvofiq tarzda qayta qurollantirishni ko`zda tutadi”, – deya ma`lum qildi davlat qo`mitasi vakillari.

Xususan, hujjatga asosan Angren va Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasidagi chiqayotgan chiqindilarni yo`q qilish, Olmalik kon-metallurgiya kombinatining balansdan chiqarilgan konlarini qayta ishlash, engil sanoat korxonalarida bo`yoqdan chiqqan oqova suvlarni chiqitsiz qayta ishlash bo`yicha uskunalarni o`rnatish, Sho`rtan gaz-kimyo majmuasida qazib olish bo`yicha uskunalarni modernizasi qilish, paxta sanoati korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish ko`zda tutilgan.

O`zbekiston hukumati atrof-muhitni muofaza qilish, tabiiy va biologik resurslardan oqilona foydalanish bo`yicha 2015 yilga mo`ljallangan 14ta hududiy dasturni ma`qullagan. Hududiy dasturlar umumiy hisobda 690ta ekologik tadbirni o`z ichiga olgan. Xususan, baliqchilik sohasi salohiyatini oshirish, asalarichilik bo`yicha fermalarni tashkil etish, yovvoyi hayvonlar uchun yangi qo`riqxonalarni yaratish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1