San-Pauluning Karapikuiba tumanidagiturar joy binolarining ustidan uchib o`tayotgan fransiyada ishlab chiqarilgan EC-155 vertolyoti kutilmaganda pastga qulab tushdi. Aslida vertolyot navbatdagi texnik sozlashdan so`ng, sinov tariqasidagi uchish doirasini amalga oshirayotgan edi. Boshqaruvchi yo`qotgan uchuvchining aybi bilan vertolyot ichidagi 5 nafar fuqaroning barchasi vafot etdi.
Yaxshiyamki, ushbu turar joy binosi qayta rekonstruksiya qilinayotganligi sababli, unda hech kim yashamagan. Aks holda, yana o`nlab insonlarning hayoti havf ostida qolardi. Ma`lumotlarga ko`ra, vertolyotda San-Paulu shtati gubernatorining eng kichik farzandi 31 yoshli Jeraldu Alkminning o`g`li Tomas Alkminning bo`lgan. Bu xabarni shtat hukumati ham tasdiqlagan.