Xeyli ismli bu qiz tug`ma erta qarish kasalligi bilan tug`ilgan. Progeriya yoki Xatchinson-Gilford sindromi deb ataluvchi ushbu kasallik tufayli insonning tanasi tez fursatda qariy boshlaydi. Sog`lom insonlarga nisbatan 8 bor tezroq yuz bradigan qarish holati tufayli, bunday kasallikka chalingan insonlar, afsuski uzoq umr kechira olmaydilar.
Kecha, 3 aprel kuni, Xeylining onasi o`zining facebook’dagi sahifasi orqali qizining vafoti haqida xabar berdi.
- “Qizim boqiy dunyoga ketdi. Kecha, 09:39 da u qo`limda so`nggi bor nafas oldi va jon berdi” deydi u.
Aytish kerakki, garchi xaylining kasalligi oldindan bilingan bo`lsa-da, shifokorlar unga bu tashxisni 13 yoshida qo`yishgan. 14 yoshida u o`zi haqida kitob yozdi va bir qator filmlarda suratga tushishga ulgurdi.