AsosiySalomatlik

Norvegiyalik shifokorlar saratonga qarshi yangi dori vositasini yaratdi

ScienceNordic.com ilmiy axborot portalining yozishicha, Norvegiyadagi Bergen universitetining professora Karl-Xenning Kalland boshchiligidagi bir guruh olimlari saratonga yo`liqqan hujayralarni yo`q qiluvchi yangi dori vositasini tajribadan o`tkaza boshlagan, deya xabar beradi kun.uz nashri.

Tadqiqot guruhi a`zolaridan biri Si-Sun Kening ma`lum qilishicha, laboratoriyada jonivorlar ustida o`tkazilgan tajribalar davomida yangi preparat o`simtalarning rivojlanishini to`xtatgani, ularni kichraytirgani va hatto butunlay yo`q qilgani kuzatilgan.

Dorini yaratishda saratonni davolashda qo`llanadigan preparatlar bilan bir qatorda Xitoy tabobatida qo`llanib kelingan dorivor o`simliklar ekstraktidan ham foydalanilgan.


 

    Boshqa yangiliklar