AsosiyDunyo

Xushxabar: 16 yoshli qiz koronavirusni engdi!

'Xushxabar: 16 yoshli qiz koronavirusni engdi!'ning rasmi

Ilgari koronavirusga chalingan bemor to`liq shifo topgach, Moskvadagi shifoxonadan chiqarildi, deya xabar berdi Moskva shahar hokimining ijtimoiy rivojlanish bo`yicha o`rinbosari Anastasiya Rakova.

"16 yoshli moskvalik qiz davolandi va 1-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasidan chiqarildi. Shunday qilib, Moskvada 9 nafar bemor tuzaldi. Bu yaxshi natija", dedi Rakova.

Ma`lumotlarga ko`ra, qiz oilasi bilan yaqinda Italiyadan qaytgan. Onasi u bilan №1-yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

"Shifokorlar qizga koronavirus tashxisini qo`yishdi, ammo onaning tashxisi tasdiqlanmadi va karantin qo`yilgandan keyin ko`p o`tmay ayol kasalxonadan chiqarildi. Qizi maxsus davolash kursidan o`tdi va ikki hafta davomida alohida xonada izolyasiya qilindi. Bemorning ahvoli qoniqarli, kasallikning holati engil edi. Natijada, testlar tanada koronavirus infeksiyasining to`liq yo`qligini ko`rsatdi", dedi Rakova.

U bemorning ahvoli yaxshi ekanligini aytdi va shifokorlarga ko`rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

"Hozirda qizning otasi ham tibbiyot markazida shifokorlar nazorati ostida. Erkakning ahvoli qoniqarli, asoratlari yo`q", – deydi Rakova.

    Boshqa yangiliklar