AsosiyJamiyat

Bir yilda 469 568 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jazolar qo‘llanildi

Ma’muriy ishlarning aksariyati huquqbuzarliklar bilan bog‘liq.

'Bir yilda 469 568 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jazolar qo‘llanildi'ning rasmi

2024 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 469 568 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jazolar qo‘llanildi. Bu haqida Oliy sud xabar berdi.

Sudlar tomonidan ko‘rilgan ma’muriy ishlarning aksariyati quyidagi huquqbuzarliklar bilan bog‘liq:
— mayda bezorilik;
— avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish;
— ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik;
— haqorat qilish, elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish;
— transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi;
— savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish, transport vositalarini mast holda boshqarish va sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish.

2024 yilda transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha 40 119 nafar shaxsga nisbatan 39 270 ta ish ko‘rib tamomlangan. Shundan 26 063 nafar shaxsga nisbatan jarima va transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.

    'O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi

    Yangi nizom retsipient va donorlarni tekshirish, xulosa berish hamda transplantatsiya jarayonini amalga oshirish qoidalarini aniq belgilaydi.

    'Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:28

    Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda

    Joriy yil 10 oyida O‘zbekistonga 15,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kirib keldi — o‘tgan yilga nisbatan 25 foiz ko‘p.

    'Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:09

    Hayvonlar uchun davlatlarimiz o'rtasida chegaralar yo'q - Qozog'iston ekologiya vaziri

    Samarqandda yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar bilan xalqaro savdoni tartibga soluvchi eng yirik platforma — CITES CoP20 konferensiyasi boshlandi.

    'Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Qurilish tashkilotlari havo muhofazasi talablariga qat'iy rioya etishi ogohlantirildi

    Ekologiya qoʻmitasi qurilish maydonlarida chang tarqalishiga qarshi choralar bajarmasa, faoliyat toʻxtatilishi mumkinligini bildirdi.

    'ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi'ning rasmi

    Jamiyat 23.11.2025 21:06

    ChatGPT oʻz foydalanuvchilaridan pasport talab qila boshladi

    Agar servis foydalanuvchi 18 yoshga to'lmaganiga shubha qilsa, undan shaxsiy ma'lumotlarni pasport orqali tasdiqlashni so'raydi.