AsosiyJamiyat

Yig‘ilishda elektr va gaz korxonalarining 7 nafar xodimi qamoqqa olindi

Samarqandda Bosh prokuror o‘rinbosari ishtirokidagi yig‘ilishda korrupsiyada ayblangan xodimlar zaldan olib chiqib ketildi.

'Yig‘ilishda elektr va gaz korxonalarining 7 nafar xodimi qamoqqa olindi'ning rasmi

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov rahbarligida Samarqand viloyatida energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi. 

Unda, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatlari Samarqand viloyati hamda tumanlar va shaharlar filiallari xodimlari, shuningdek, boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Yig‘ilish jarayonida ta’minot korxonalarining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblangan 7 nafar xodimiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida sohadagi korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ta’minot korxonalari rahbarlariga sohada keskin o‘zgarishlar qilish, ijro va mehnat intizomini qat’iy ta’minlash, ayniqsa, xodimlar o‘rtasida profilaktika choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar