AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi

Harorat 0-5° atrofida bo‘ladi.

'Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi'ning rasmi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda kechqurun biroz qor yog‘ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi,  tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar