1

Davlat yong`in nazoratining eng yaxshi inspektorlari aniqlandi

Jamiyat 06.04.2015, 11:50
Davlat yong`in nazoratining eng yaxshi inspektorlari aniqlandi

Yong`in nazorati organlari xodimlarining kasb mahoratini yanada oshirish, bilim va ko`nikmalarini tekshirish, profilaktika tadbirlarini o`tkazishda tajriba almashish maqsadida “Davlat yong`in nazoratining eng yaxshi inspektori” respublika tanlovi o`tkazib kelinmoqda.

3 aprel kuni mazkur tanlov poytaxtimizning Mirobod tumanidagi «Pallada Investment» sho``ba korxonasining ishlab chiqarish ob`ektida bo`lib o`tdi. Unda hududiy boqichlarda g`olib bo`lgan yong`in nazorati organlari inspektorlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar nafaqat ob`ektda yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini tekshirishi, balki tekshiruv yakunlari bo`yicha tegishli hujjatlarni belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirishi ham lozim edi. Bundan tashqari, ishtirokchilar yong`in nazorati va xavfsizligi sohasiga oid qonunchilikka doir bilimini aniqlashga yordam beradigan test sinovidan ham o`tkazildi.

Tanlov yakunlariga ko`ra, birinchi o`rinni Sirdaryo viloyati Xovos tumani IIB yong`in xavfsizligi bo`limi inspektori, serjant N.Aliev egalladi. Ikkinchi o`ringa Toshkent shahar Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasining yong`in xavfsizligi bo`limi katta inspektori, serjant D.Umarov loyiq topildi. Uchinchi o`ringa Buxoro viloyati G`ijduvon tumani IIB yong`in xavfsizligi bo`limi katta inspektori I.No``monov va Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani IIB yong`in xavfsizligi bo`limi inspektori, serjant F.Ahmedov sazovor bo`ldi. Bu haqda uz24.uz O`zA ma`lumotlari asosida axabar beradi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1