Ertaga, 24 mart kuni soat 00:01 dan poytaxt Toshkent eshiklari yopilishi, Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yo`l) vaqtincha to`xtatilgani haqida bergan edik.
Ayni vaqtda Toshkent viloyatining poytaxtga yondosh tumanlari – Toshkent, Zangiota, Yangiyo`l tumanlarida istiqomat qilib, har kuni ishga poytaxtga kelib-ketadigan kishilarda savol paydo bo`lmoqda. Bu haqdagi savollarga QALAMPIR.UZ mutaxassisdan javob oldi:
“Toshkent viloyatida yashayman. Har kuni ishga borishim kerak. Demak, poytaxt darvozlari ochilmaguncha, ishga bormaymanmi yo borsam uyimga qayta olmaymanmi?"
Ushbu savolga O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati rahbari Shohruh G`iyosov javob berdi. Uning ma`lum qilishicha, o`rnatilgan taqiqlar faqat avtobus, avtomobil, aviatashuv va temir yo`lga aloqador bo`lib, Toshkent viloyati tumanlaridan ishga qatnovchilar yoki poytaxtdan biror yumush bilan Toshkent viloyatiga yo`lga chiquvchilar postlardan avtomobilsiz o`tishlari mumkin. Qayd etilishicha, ushbu taqiqlar odamlarning ishga va uyga qatnashiga ta`sir ko`rsatmaydi.