Taniqli kinorejisser Rustam Sagdievning “Sotqin” filmi “videoqaroqchi”larning o`ljasiga aylandi, deya xabar beradi 12news.uz nashri.
Film muallifi Rustam Sagdiev Facebookdagi sahifasida kinoning “qaroqchi” nusxasi sotilaëtgan do`kon tasvirini qo`yib mana bu ëzuvni qoldirdi:
“Mana bu filmni piratskiy nusxasi, lekin lisenzion varianti boshkacha bo`ladi. Bizda mualliflik konunlarini ishlamasligi shunaqa bemalol haromxo`rlik qilishga olib keladi. Topgan pulinglar osh bo`lsin hurmatli haromxo`r qaroqchilar!!!”.
Film Rixsivoy Muhammadjonovning 2005 yil 13 may Andijonda yuz bergan voqealariga asoslangan ssenariysi bo`yicha suratga olingan.





