Buyuk Britaniya taxti vorisi shahzoda Charlzda koronavirus aniqlandi.
Sky News nashri qirollik xonadoniga asoslanib xabar tarqatishicha, shahzoda Charlzning koronavirus testi ijobiy chiqdi.
Bu haqda nashrga tayanib Kun.uz ma`lum qildi.
Klarens-haus xabariga ko`ra, ayni vaqtda 71 yoshda bo`lgan shahzodada koronavirus infeksiyasining engil simptomlari qayd etilgan, u o`zini yaxshi his qilayotgani qayd etilgan.
Shahzoda Charlz va uning rafiqasi Kamilla, gersoginya Kornuolskaya Shotlandiyadagi Balmoral qasrida ihotalanishgan. Shahzodaning 72 yoshli rafiqasida koronavirus tasdiqlanmagan.
Klarens-hausdagilarning qayd etishicha, shahzoda Charlz koronavirusni qaerda yuqtirganini aniqlash imkonsiz, chunki u so`nggi hafta davomida ko`plab ommaviy tadbirlarda ishtirok etgan.
Shahzoda Charlz onasi qirolicha Elizaveta II bilan so`nggi marta 12 mart kuni uchrashgandi.
The Sun nashrining eslatishicha, mart oyida shahzoda Charlz Monako knyazi Alber II bilan uchrashgan, keyinroq knyazda koronavirus aniqlangandi.
Shahzoda Charlz Britaniya taxtining birinchi da`vogari sanaladi.
- Buyuk Britaniya dunyoda COVID-19 koronavirusi tarqalishi bo`yicha o`ninchi o`rinda bormoqda. Koronavirus Britaniyadagilarning 8 mingdan ortig`ida qayd etilgan, ularning 422 nafari vafot etgan, 135 kishi sog`ayib ketgan.