AsosiyDunyo

Norvegiyaning Kristiansann hayvonot bog`ida antilopa sim to`siqda qisilib qolgan jirafani suzib o`ldirdi

Norvegiyaning Kristiansann shahridagi hayvonot bog`ida kanna antilopasi sim to`siqda qisilib qolgan jirafani shoxlab o`ldirdi, deb xabar beradi Verdens Gang gazetasi ma`lumotlari asosida Kun.uz nashri.

Voqea hayvonot bog`iga tashrif buyurgan tomoshabinlar ko`z o`ngida sodir bo`lgan. Voqeani kuzatgan, ayniqsa yosh bolalar ko`z yoshlarini tiya olmagan.

Veterinar voqea joyiga hali jirafa tirikligida etib kelgan, ammo jonivorni qutqarishning iloji bo`lmagan. Muassasa rahbariyati tomoshabinlardan uzr so`rashgan.

Halok bo`lgan jirafaning ismli Melvin bo`lib, u 2010 yilda dunyoga kelgan. U tug`ilgan paytda mahalliy Verdens Gang gazetasi o`quvchilari unga ism qidirishgan edi, shu bois u mahalliy aholi orasida ancha mashhur.

    Boshqa yangiliklar