1

O`zbekistonning sirli makonlari: Kiev g`ori, Samarqand

Jamiyat 26.03.2020, 08:58
O`zbekistonning sirli makonlari: Kiev g`ori, Samarqand

 

Samarqand - Buyuk Ipak yo`lining chorrahasida joylashgan O`zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Bu shahar asrlar davomida insoniyat uchun noma`lum bo`lib kelgan sirli va afsonaviy joylarga boydir. Kiev g`ori (shaxtasi) ham ana shunday ko`pchilikka noma`lum joylardan biridir. Ushbu g`or Samarqand viloyatining Urgut tumanida, Kamangaron qishlog`i yaqinida, Kirktau massivida (Zarafshon tizmasi) joylashgan. Bu haqda "O`zbekturizm" saytida maqola e`lon qilindi.

G`or 1972 yilda A. B. Klimchuk rahbarligidagi Kiev speleoturizm seksiyasi va speleologik tadqiqotlar laboratoriyasi speleologlari tomonidan kashf qilingan. Joy nomi ham shu sabab Kiev g`ori yoki KiLSI deb nomlanadi. 

1973 yilda 520 m chuqurlikni zabt etishga erishildi, 1975 yilda - 700 m, 1976 yilda esa -1030 m va 1080 m. Topografik suratga olish ishlari Kiev va Qrim speleologlari tomonidan amalga oshirilgan. 1977 yilda V.V. Ilyuxin boshchiligida Butunittifoq speleologik ekspedisiyasi gidronevilir yordamida shaxtani qayta topografik suratga olib, uning chuqurligi 990 m ekanligini aniqladi. G`orning ichi 20-95 m chuqurlikdagi qator vertikal shaxtalardan va uzunligi 30-50 m bo`lgan qoyasimon galereyalardan iborat. U erdagi havo harorati +4-5° S darajada.

Kiev g`orining devorlarda 100 m chuqurlik joyidan boshlab suv oqimi boshlanadi va u chuqurligi 1,7 m gacha bo`lgan oqar ko`llar tizimini hosil qiladi. Suv harorati +3° C atrofida. 

G`or chuqurligi deyarli 10 metrlik ko`l bilan tugaydi. Akvalang yordamida suvga chuqurroq sho`ng`ishga urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan, chunki tor teshiklardan chuqurroq o`tishning imkoni bo`lmagan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1