Har yili shu vaqtda allaqachon jurnalistlar uchun o`tkaziladigan “Oltin qalam” tanlovi e`lon qilinar edi. Joriy yilda undan negadir xabar bo`lmadi. Bu haqda UzA yozmoqda.
Ushbu savolga O`zbekiston jurnalistlari uyushmasi raisi o`rinbosari Xolmurod Salimovning javob berishicha, “Koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatimizda karantin joriy etilishi munosabati bilan “Oltin qalam“ milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov o`tkazilishini e`lon qilish to`xtatib turilibdi.“
Qachon bu tanlov bo`lishi haqida esa hozircha aniq ma`lumot yo`q.
“Tanlovni o`tkazish bo`yicha yangilik bo`lishi bilan biz uyushmaning sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qilamiz”, dedi Xolmurod Salimov.