Asl kasbi rassom, multiplikator bo`lgan Fernanda Abarki DreamWorks studiyasida faoliyat yuritadi. Rassom bo`lish barobarida, aytish lozimki u ajoyib qo`li shirin ayol hamdir. Siz suratda ko`rib turgan san`at asarlari qo`g`irchoq yoki haykalchalar emas! Bu DreamWorks muallifligida yaratilgan multqahramonlarining tort va kekslar ustida yaratilgan “shirin” nusxasidir.
Fernanda Braziliyada tug`ilgan. AQShga ko`chib o`tgach u Kaliforniya rassomchilik kolledjiga o`qishga kiradi. 2006 yili esa uni DreamWorks studiyasiga ishga taklif qilishgan. 2013 yili u DreamWorks studiyasi multqahramonlaridan ilhomlangan holda shaxsiy qandolatxonasini ochdi.