Baxor fasli kirib kelganini sana`tkorlarning jo`shqin ijodga sho`ng`iganlaridan ham bilish qiyin emas. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Abdurashid Yo`ldoshev bugun "O`zbegim taronasi" radiosida "Har qarashingda" deb nomlangan yangi taronasining premerasini o`tkazdi. Bu haqda popcorn.uz nashri xabar beradi.
Musiqasi Musahon Nurmatov, she`ri Abdulaziz Jo`raga tegishli bo`lgan mazkur tarona san`atsevar muxlislari tomonidan ijobiy kutib olinib, ularning mehri, qolaversa, xonandaning kuylagan har bir qo`shig`i dillarga yaqinligi bilan ajralib turishini alohida ta`kidlab o`tdilar. Abdurashid Yo`ldoshev ijrosidagi "Har qarashingda" deya nomlangan tarona saytimizdan o`rin olgan. Marhamat, tinglang va siz ham baho bering.





