1

Immunitetga, xotiraga foydali – rediska!

Salomatlik 09.04.2015, 12:20
Immunitetga, xotiraga foydali – rediska!

Uglevod, oqsil, vitamin va mineral tuzlarga boy bo`lgan rediska tez-tez shamollaydiganlar uchun eng yaxshi mahsulot ekanini bilasizmi? Ibn Sino ko`klamda rediskadan tayyorlangan eguliklarni ko`p iste`mol qilish organizmni quvvatlantirib, immunitetni mustahkamlaydi degani ham bejiz emas.  Bir so`z bilan aytganda rediskaning o`zi ham sharbati ham  kattayu kichikka birdek foydali.

Astma qiynasa...

Yarim stakan yangi chiqarilgan rediska sharbatiga 1 choy qoshiq asalni aralashtirib, bir kunda 3 mahal ichiladi. Muolaja kasallik xurujlari bartaraf etilguniga qadar davom etiladi.

Boshingiz og`riganida...

Bitta rediskani o`rtasidan bo`ling. So`ngra hosil bo`lgan ikkita yarim pallasini boshning ikki chakkasiga asta surting.  Barmoq yordamida engil uqalab, 5-10 daqiqa ko`zlaringizni yumib, orom oling. Og`riq chekinadi.

Diareya qiynayaptimi?

6 ta rediskani ildizi bilan yaxshlab chayqab, bir necha bo`laklarga bo`ling. Ustidan 200 ml.sutni quying. Yarim choy qoshiq makkajo`xori kraxmalini aralashtirib, hosil bo`lgan aralashmani oz-ozdan qabul qilasiz.

Kamqonlikda

50 grammdan rediska, sabzi va qizil lavlagi sharbatlarini aralashtiring. Sharbat quyqasi ajralib, suyuqligi tinishi uchun yarim soatga qoldiring. So`ng hosil bo`lgan aralashmani ertalab, och qoringa ichasiz. Muolajani bir hafta davom ettirish mumkin.

Yo`tal zo`rayganida...

50 gramm rediska sharbatiga shuncha miqdorda qaynatib biroz sovutilgan suvni aralashtirib, tomoqni chayqashda foydalaning. Muolajani bir kunda 3 mahal bajarasiz. Tomoq g`arg`ara qilingach, yarim soat hech nima iste`mol qilmay turing.

O`zingizni quvvatsiz sezsangiz...

50 ml.rediska sharbatiga 100 ml.sabzi sharbatini aralashtirib, ertalab och qoringa ichiladi. Muolajani bir oy davom ettirsangiz, immunitetingiz mustahkamlanib, tetiklashasiz.

Xotirangiz pand bersa...

Har kuni asosiy taom bilan birga rediska qo`shilgan salat eyishga odatlaning. Tarkibidagi foydali vitaminlar aqliy faollikni oshirib, xotirani mustahkalaydi. Salat tayyorlashda o`simlik yoki zaytun yog`laridan foydalaning. Chunki ushbu sabzavot mayonez bilan foydali xususiyatini yo`qotishi mumkin.

Radikulit xurujlarida...

3-4 ta rediskani qirg`ichdan o`tkazib, sharbati bilan birga ikki qavat dokaga soling. So`ngra og`riq berayotgan sohaga kompress qiling. Kompressni olgach, teri ustini asta uqalaysiz.

Kosmetologiyada...

Ko`klam quyoshi yuz terisida pigment dog`larni ko`payishiga sabab bo`lganida bu muammoni ham rediska yordamida hal etsa bo`ladi. Buning uchun 2 osh qoshiq smetanaga bitta qirg`ichdan chiqarilgan rediska, yarim bog` to`g`ralgan kashnichni aralashtiring. Hosil bo`lgan aralashmani yuzingizga surting-da, 15 daqiqaga qoldiring. So`ngra iliq suvda chayib olasiz. Muoalaja bir haftada uch marta bajarilsa, bir oydan so`ng natijasi seziladi.

– Agar yuz teringiz quruqlashib ketayotgandek tuyulsa, ertalab va kechqurun bitta rediskani qirg`ichdan chiqaring va  sharbati bilan yuzingizni arting. 15 daqiqadan keyin iliq suvda chayib oling. Rediska sharbati yuz terisini oziqlantirib, quruqlashishidan himoya qiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1