AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya bosh vazirida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

'Buyuk Britaniya bosh vazirida koronavirus infeksiyasi aniqlandi'ning rasmi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda uning o`zi Tvitterda videomurojaati orqali ma`lum qildi.

Hozir u karantinda ekanligi, lekin koronavirusga qarshi kurashdagi hukumat ishlarini videokonferensiya orqali boshqarib turishini ma`lum qildi.

"So`nggi 24 soat ichida men engil simptomlarni his qildim, koronavirus uchun test ijobiy bo`ldi. Hozir men o`zimni izolyasiya qilyapman, lekin video aloqa orqali ishlashda davom etaman. Birgalikda biz virusni yo`q qilamiz" degan bosh vazir.

    Boshqa yangiliklar