AsosiyDunyo

Koloradoda “toshkosa”sini yo`qotgan toshbaqaga 3D printer yordamida sovut-toshkosa yasab berildi

Kleopartra nomli ushbu toshbaqa kasallikka chalinib, ustidagi toshkosasini yo`qotgach, unga 3D printeri yordamida boshqa, sovut ko`rinishidagi toshkosa yasab berildi.

AQShning Kolorado shtatida istiqomat qiluvchi talaba Rojer Genri texnika universitetida olgan bilimlarini ishga solib, ushbu toshbaqa uchun mahsus protezni yaratdi va uni 3D printer yordamida chop etdi.

Bu toshkosa yopishtirgich yordamida  Kleopatraning yo`qotilgan toshkosasi o`rnida yopishib turadi. U engil, toshbaqa uchun xavfsiz. Kleopatra bir necha yilgacha ushbu protez toshkosada yurishi mumkin, keyinchalik esa uning yangi toshkosasi o`sib chiqa boshlaydi. 

    Boshqa yangiliklar