AsosiySport

YuNISEF O`zbekistonda paralimpiya sportini rivojlantirishga ko`maklashadi

O`zbekiston milliy paralimpiya assosiasiyasi (MPA) hamda O`zbekistondagi YuNISEF o`rtasida 2015 yil 9 aprel kuni bitim imzolandi. Hujjat MPA raisining o`rinbosari Umid Axmadjonov va YuNISEF vakolatxonasi rahbari Robert Fyuderich tomonidan imzolandi.

Mazkur hujjat doirasida MPA va YuNISEF har bir tashkilotning mandati doirasida jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslarni paralimpiya sportiga jalb etish va nogironlikka ega shaxslarni jamiyat hayotiga integrallashtirish sohasida o`zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligini bildirmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar