1

Binoning ichida bo`lganda niqob taqish shart emasmi?

Salomatlik 29.03.2020, 14:58
Binoning ichida bo`lganda niqob taqish shart emasmi?

 Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o`tkazilmoqda.  Otabekov quyidagi savolga javob bermoqda.

— Hurmatli mutaxassislar televideniya orqali chiqishlaringizni muntazam kuzatib borayapmiz, gapirishdan avval doka niqobni echib qo`ayapsizlar. Nima uchun shunday qilayapsizlar, binoning ichida bo`lganda niqob taqish shart emasmi?

— O`rinli savol, doka niqoblarni asosan shamollash alomatlari bo`lgan bemorlar, shu kabi bemorlar bilan muloqotda bo`lganlar, havo tomchi infeksiyalari bo`yicha epidemik vaziyat murakkab bo`lganda, o`zini va o`zgalarni himoya qilish uchun ishlatiladi.  

 

Televideniyada intervyu paytida doka niqoblarni echib qo`yish, asosan efirga uzatilayotanda ovoz tiniqligiga erishish uchun qilinmoqda. Tasvirga olish xonalarining esa birlamchi dezinfeksion ishlov berilishi yo`lga qo`yilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1