1

Koronavirus sabab qoldirilgan Tokio Olimpiadasining qachon start olishi ma`lum qilindi

Sport 30.03.2020, 10:00
Koronavirus sabab qoldirilgan Tokio Olimpiadasining qachon start olishi ma`lum qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning yoz faslida bo`lib o`tishi kerak bo`lgan Tokio Olimpiadasi butun dunyoga katta xavf tug`dirayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli 2021 yilga ko`chirilgan edi.

New York Times nashrining xabar berishicha, tashkilotchilar yozgi Olimpiya o`yinlarining start olishi sanasiga aniqlik kiritmoqda va tez kunlarda u ommaga e`lon qilinadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Hozirda rasmiylar nufuzli musobaqaning ochilish marosimini 2021 yilning 21 iyulida o`tkazish bo`yicha yangi variantni o`rganmoqda.

Ma`lum qilinishicha, Xalqaro Olimpiya qo`mitasi (XOQ) Tokio shahri mezbonlik qiluvchi Olimpiya o`yinlari o`tkazilishi bo`yicha aniq sanalarini tez orada e`lon qilmoqchi. Bu borada XOQ kecha, 29 mart kuni tashkilotchilar ishtirokida tezkor yig`ilish o`tkazgan. Yig`ilishda tomonlar Olimpiya o`yinlarining qaysi sanada o`tkazilishini muhokama qilishgan.

Ma`lumot uchun, Olimpiya o`yinlari 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustigacha o`tkazilishi kerak edi. Ammo, XOQ 24 mart kuni o`yinlar 2021 yilga ko`chirilganini e`lon qildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1