O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov mamlaktimizda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli haqida ma`lumot berdi:
– Mamlakatimizda koronavirus kasalligiga chalinganlar 173 nafarni tashkil etmoqda. Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 93 bemorning 21 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti. Mazkur holat rengionalagik tekshiruv natijasida ham tasdiqlangan. Bemorlar 5 nafarining ahvoli og`ir, 3 nafarining esa ahvoli nisbatan og`ir, deb baholanmoqda. Ularning barchasi tegishli davolash muolajalarini olyapti.
Toshkent shahridan tashqari Farg`ona, Andijon, Namangan, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida ham koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar davolanyapti. Har bir vaziyat bo`yicha Sog`liqni saqlash vazirligiga tegishli axborotlar kelib tushyapti va mutaxassislarning kerakli maslahatlari tashkil etilyapti.
Ijobiy natijalar bor ekan, yaxshilikka umid qilsak bo`ladi. Ammo dunyo miqyosida kasallik ko`rsatkichi tobora o`sib boryapti. Bir kunda dunyo bo`yicha 70 mingdan ortiq odam kasallikka chalingan. Shunday ekan, biz uyda qolishimiz, tibbiyot xodimlarining maslahatlariga quloq tutishimiz kerak, vaziyatni chigallashtirib yuborishga hech birimizning haqimiz yo`q!
Eslatib o`tamiz, bungacha, O`zbekistonda koronavirus bemorlari soni 173 nafar edi.
Shuningdek, 27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.
28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.
Ayni paytgacha esa 8 nafar bemor butunlay sog`aydi, biroq farg`onalik bemorning ahvoli og`irligicha qolmoqda.