AsosiyJamiyat

Toshkentda 11 soatda 168 haydovchi stikersiz avtomobil boshqargani aniqlandi

'Toshkentda 11 soatda 168 haydovchi stikersiz avtomobil boshqargani aniqlandi'ning rasmi

Toshkentda o`tkazilayotgan reyd tadbirlari doirasida 31 mart 20:00 dan 1 aprel 7:00 ga qadar 168 nafar haydovchi maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqargani aniqlandi. 

Ular jarimaga tortildi, avtomobillar esa jarima maydonchasiga olindi.

Eslatib o`tamiz, maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqargan fuqarolarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (4 460 000 so`mdan 6 690 000 so`mgacha), mansabdor shaxslarga esa — 30 baravaridan 50 baravarigacha (6 690 000 so`mdan 11 150 000 so`mgacha) miqdorda jarima solinadi.

    Boshqa yangiliklar