Pokiston Global va strategik tadqiqotlar markazi hamda O`zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi tomonidan “Tasviriy san`at tanlovi” haqida e`lon qilindi. Tanlov 8-15 yoshdagi bolalar uchun mo`ljallangan bo`lib, “Biz COVID-19 ni engamiz” mavzusida bo`lib o`tadi. Unda Pokistondagi o`zbek diasporasi, shuningdek, pokistonlik va o`zbekistonlik bolalar ishtirok etishi mumkin.
COVID-19 infeksiyasi dunyo miqyosida engib o`tilgandan so`ng elchixonada ko`rgazma tashkil etilib, tanlov natijalariga ko`ra aniqlangan g`oliblar turli sovrinlar bilan taqdirlanadi. Jumladan, sovg`alar qatorida pokistonlik bolalar orasidagi g`oliblarga O`zbekistonga sayohat qilish uchun bepul aviachiptalar ham topshiriladi.
“Biz COVID-19’ni engamiz” tanlovida ishtirok etish uchun koronavirusga oid chizilgan rasmlarni skaner qilib, faylni cgsspapers@gmail.com elektron manziliga yoki tayyor tasvirni WhatsApp messenjeri orqali +92 318 8348237 raqamiga yuborishingiz kerak bo`ladi. Yuborish jarayonida rasm muallifining familiyasi, ismi, otasining ismini, bog`lanish uchun telefon raqam va elektron manzilni ko`rsatishni unutmang! Rasmlar 2020 yilning 15 mayiga qadar qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok eting va ushbu murakkab davrda insoniyatni ma`naviy qo`llab-quvvatlashga hissangizni qo`shing!