Canitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tayyorlangan infografikada joriy yilning 2 aprel holatiga ko`ra, COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo`yicha O`zbekistondagi epidemik vaziyat to`g`risida batafsil ma`lumot taqdim etilgan.
Unga ko`ra, Respublika bo`yicha koronavirus bilan xastalanganlar soni 190 nafarni tashkil etadi. Shundan 72 nafari xorijdan kelganlar, 118 nafari esa mamlakat ichida muloqot yo`li bilan yuqtirib olishgan.
Shuningdek, ushbu infografika orqali koronavirus bilan xastalanganlarning viloyatlar kesimidagi soni, qaysi xorijiy davlatlardan yuqtirib kelishgani, jinsi, yoshi, tuzalganlar, vafot etganlar, karantinda saqlanayotganlar haqidagi ma`lumotlarga ham ega bo`lishingiz mumkin.







