O`zbek futboli afsonasi, ayni paytda OKMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov koronavirus pandemiyasi oqibatida yordamga muhtojlarga ko`maklashish maqsadida «O`zbekiston mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondining hisob raqamiga beg`araz yordam tariqasida 75 million so`m mablag`ni o`tkazib berdi. Bu haqda Go Sport xabar qildi.
Eslatib o`tamiz, bundan avval O`zbekiston terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatda qiyin ahvolda qolgan oilalarga yordam berish maqsadida 100 million so`m ajratgan edi.