Vahimaga beriluvchan, o`zini biron kasalga chalindim deb havotirga tushaveradigan odamlarni shifokorlar ipoxondriyaga chalingan deb hisoblashadi. Bunday kishilarning bugungi koronavirus pandemiyasi davrida isitmasi chiqishi, yo`tal tutishi va ko`ksida og`riq paydo bo`lishi mumkin. Bunday soxta xastalanish holatini immunolog Vladimir Bolibok ta`riflab berdi. Bu haqda ria.ru xabar bermoqda.
Mutaxassisning so`zlariga ko`ra, uzoq davom etgan qo`rquv, vahima chindan ham o`z ortidan ayrim jiddiy kasalliklarni ergashtirib kelishi mumkin. Mana, masalan, stress buyrak usti bezi po`stlog`ining ko`p miqdorda gormon ishlab chiqarishiga olib keladi. Bu immun tizimga salbiy ta`sir ko`rsatishi hech gap emas.
«Ibtidoiy jamoa tuzumida ilk odamlarning hayotini aynan stress saqlab qolgan. Masalan, bunday holatda yovvoyi hayvonlardan o`z hayotini asrab qolish yoki ularni engish mumkin. Hozir esa odamga bunday «kuch» deyarli kerak emas. Chunki hozirgi zamon ancha xavfsiz», — deya xulosa qiladi Bolibok.