AsosiySport

Qosimjonov “Nakhchivan Open-2015” festivalida qatnashadi

Shaxmat bo`yicha 17-Jahon chempioni, hamyurtimiz Rustam Qosimjonov shu yilning 1-11 may kunlari Ozarbayjonning Naxichevan shahrida bo`lib o`tadigan “Nakhchivan Open-2015” festivalida ishtirok etadi, deb xabar beradi olamsport.com nashri.

Festival ishtirokchilarning reyting o`rniga qarab bir nechta guruhlarda tashkil etiladi. Eng kuchli qatnashchilar jam bo`lgan “A” guruhida aynan Rustam Qosimjonov yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. Ushbu guruhda ayollar o`rtasida sobiq jahon chempioni xitoylik Xou Ifan ham bor.

Musobaqa g`olibi 10 ming dollar mukofot puliga ega bo`ladi. Ikkinchi o`rinni egallagan shaxmatchi o`z hamyonini 5, kuchli uchlikni yakunlab bergan ishtirokchi esa 3 ming AQSh dollariga boyitib oladi.

 

    Boshqa yangiliklar