AsosiyJamiyat

OTB va “Asia Alliance Bank” ATB birgalikda O`zbekistonni qo`llab-quvvatlaydi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Savdoni moliyalashtirish dasturi (SMD) va O`zbekistonning...

'OTB va “Asia Alliance Bank” ATB birgalikda O`zbekistonni qo`llab-quvvatlaydi'ning rasmi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning Savdoni moliyalashtirish dasturi (SMD) va O`zbekistonning “Asia Alliance Bank” Aksionerlik tijorat banki mamlakatda savdo amaliyotlarini qo`llab-quvvatlash vakolatlarini taqdim etish to`g`risidagi Bitimni imzolashdi.

– Asia Alliance Bank” ATB yangi hamkorimizga aylanganidan juda xursandmiz, chunki biz aynan kichik va o`rta biznesdagi savdo oqimini qo`llab-quvvatlashda davom etyapmiz”, – dedi OTBning Investisiyalar bo`yicha mutaxassisi va O`zbekiston bilan sheriklik bo`yicha menejeri Nana xonim Kurodze. – Bizningcha, Savdoni moliyalashtirish dasturi bugungi kunda hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki murakkab vaziyatlarda treyderlarga qo`shimcha ishonch tuyg`usini baxsh etadi.

OTBning mazkur Dasturi O`zbekistonda oltita hamkor-bank bilan birga ishlaydi. 2019 yilda dastur mamlakatda jami 1.44 milliard dollar miqdoridagi savdo jarayonini qo`llab-quvvatladi. Yo`naltirilgan 530 tranzaksiyaning 65 foizi xususiy sektor bilan birgalikda moliyalashtiriladi.

photo_2020-04-04_14-10-51.jpg

– “Asia Alliance Bank” ATB uchun Osiyo taraqqiyot bankining Savdoni moliyalashtirish dasturiga qo`shilish sharaf, chunki bu bizga xususiy sektor moliyaviy ehtiyojlarini qo`llab-quvvatlash va O`zbekistonning boshqa davlatlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirishni rag`batlantirish bo`yicha imkoniyatlarimizni kengaytiradi”, – deydi bank Bosh direktorining birinchi o`rinbosari Umidjon Hakimov. – Mazkur sheriklik jamoamizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda mahalliy ishbilarmonlar manfaatlarini ilgari surish va yangi ish o`rinlari yaratish orqali ishtirok etishimizni qo`llab-quvvatlaydi.

OTBning “AAA” kredit reytingi tomonidan qo`llab-quvvatlanayotgan Savdoni moliyalashtirish dasturi 200 dan ziyod sherik-banklarga savdoni qo`llab-quvvatlash uchun kafolat va kreditlar ajratadi. Bu butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yanada ko`proq kompaniyalar tomonidan import-eksport amaliyotlarini amalga oshirish imkonini yaratadi. 2009 yildan buyon SMD qit`amizning rivojlanayotgan hududlarida 20 mingga yaqin tuzilmalarga ko`mak berdi. Bu jarayonda jami 41 milliard dollarga teng 26 ming kelishuvlar yo`lga qo`yilib, xom ashyo va ishlab chiqarish vositalaridan tortib, tibbiyot yo`nalishi mahsulotlari va iste`mol mollarigacha bo`lgan turli tarmoqlar qamrab olindi. Dastur moliyalashtirish ko`magi ko`lamini intellektual mahsulot, xususan, savdo-moliya bozorida yuzaga kelayotgan bo`shliqlarni aniqlashga yo`naltirilgan tadqiqotlar, bank sektorida xotin-qizlar rolini oshirish bo`yicha tashabbuslar, ekologik kafolatlarni kuchaytirish yo`lidagi intilishlar va global moliyaviy tizimda shaffoflikni orttirish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha tashabbuslar hisobiga kengaytirib boryapti. Shuningdek, moliyaviy va savdo masalalariga oid bilim va tajribani oshirish, tavakkalchilik va xatarlarni boshqarish hamda firibgarlikning oldini olishga qaratilgan seminarlar, treninglar tashkil etilmoqda.

“Asia Alliance Bank” ATB O`zbekistonda 2009 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Bank muntazam ravishda o`z faoliyat ko`lamini kengaytirish, moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, raqobatchilik bozor tamoyillarini saqlash va yuqori reyting ko`rsatkichlarini ushlab turish ustida ish olib boradi. Filial tarmoqlarni rivojlantirish va ko`rsatiladigan xizmat turlarini ko`paytirib borish, etakchi xorijiy banklar, to`lov tizimlari va xalqaro moliyaviy institutlar bilan sheriklik munosabatlarini o`rnatish, shuningdek o`z ichki va xalqaro mavqeini yanada ko`tarish bankning ustuvor vazifalari sirasiga kiradi.

OTB faoliyati Osiyo-Tinch okeani hududi aholisini farovonlik, inklyuziv va barqaror rivojlanish sari eltuvchi maqsadlar bilan hamohang. Tuzilma bu jarayonda mintaqada qashshoqlikni bartaraf etish bo`yicha ishlarni ham davom ettiradi.

1966 yilda tashkil etilgan OTB aksionerlari 68 davlat vakillaridir. Osiyo-Tinch okeanining 49 mamlakati ushbu bank bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar