Sog`liqni saqlash vazirligi taqdim etgan so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, ayni paytda O`zbekistonda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 342 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasi qaysi hududda qancha odamda aniqlangani ma`lum qilindi. Unga ko`ra:
📛 Navoiy viloyati – 2 ta;
📛 Qoraqalpog`iston Respublikasi – 2 ta;
📛 Qashqadaryo viloyati – 6 ta;
📛 Xorazm viloyati – 18 ta;
📛 Buxoro viloyati – 19 ta;
📛 Farg`ona viloyati – 27 ta;
📛 Namangan viloyati – 40 ta;
📛 Andijon viloyati – 49 ta;
📛 Toshkent shahri – 179 ta.
Eslatib o`tamiz, ayni paytgacha, O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 342 nafarni tashkil etmoqda.
27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.
28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.
Bugungi kungacha esa 25 nafar bemor butunlay tuzalgan, 22 nafar bemorda pnevmoniya klinik belgilari bor, farg`onalik bemorning ahvoli og`irligicha qolmoqda.
Jiddiy karantin choralari belgilanganiga qaramasdan nega zararlanish holati oshib borayotgani to`g`risida Nurmat Otabekov izoh bergan edi.