AsosiySport

"Bavariya" futbol klubi bugundan jamoaviy mashg`ulotlarni boshladi

Bugun, 6-apreldan e`tiboran Myunxenning “Bavariya” futbol klubi jamoaviy mashg`ulotlar bos...

'"Bavariya" futbol klubi bugundan jamoaviy mashg`ulotlarni boshladi'ning rasmi

Bugun, 6-apreldan e`tiboran Myunxenning “Bavariya” futbol klubi jamoaviy mashg`ulotlar boshlanishini ma`lum qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, sportchilar kichik guruhlarga bo`lingan holda mashg`ulot olib borishadi. Klub rahbariyati va hukumatning tavsiyalari asosida shunday qarorga kelingan. Endi barcha gigiena qoidalari qattiq tartibda nazoratga olinadi.

Darvoqe, klub ma`muriyati muxlislardan mashg`ulotlarni tomosha qilish uchun stadionga kelmaslikni so`ragan.

Boshqa yangiliklar