AQSh Adliya vazirligi mamlakatda uchta xitoylik ayg`oqchining hibsga olingani haqida xabar berdi:
- Doktor Charlz Liber (Charles Lieber), Garvard universitetining kimyo va kimyoviy biologiya kafedrasi dekani. U Uxan davlat universiteti bilan shartnoma imzolangandan so`ng u har oy 50 ming dollar olib turgan. Shuningdek qo`shimcha xarajatlari uchun 158 ming dollar ham olgan. Bundan tashqari Garvardda bazasi bo`lgan laboratoriyani Xitoyda ochishga hissa qo`shgani uchun hamda Pentagon va Sog`liqni saqlash milliy institutlari bilan shartnomalar tuzish (biotibbiyotni o`rganish bo`yicha) uchun 1,5 million dollar olgan;
- Boston universiteti tadqiqotchisi (millati bo`yicha xitoylik), Xitoy armiyasi bilan bog`liq harakatlar olib borgan;
- Bostondagi Beth Israel Deaconess Medical Center (BIDMC) tadqiqotchisi (millati bo`yicha xitoylik), u biologik materiallarni Xitoyga noqonuniy olib kirishda va yolg`on ko`rsatmalar berganlikda ayblanmoqda.