AsosiySiyosat

Prezident "o‘yog‘i yerdan uzilgan" deb tanqid qilgan hokim endi orden bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Jahongir Ortiqxo‘jayevga “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenini topshirdi.

'Prezident "o‘yog‘i yerdan uzilgan" deb tanqid qilgan hokim endi orden bilan taqdirlandi'ning rasmi

Bugun, 18 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mukofotlanganlar qatorida sobiq Toshkent shahri hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayevni "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlagan.

Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018-2023 yillarda Toshkent shahri boshqargan.

U 2023 yil 16 yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda shaxsan Shavkat Mirziyoyev tomonidan tanqid qilinib, "oyoqi yerdan uzilgan"likda ayblanib, ishdan olingan edi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan ozod etilganidan keyin ancha vaqt davomida hukumat tadbirlarida ko‘rinish bermagan edi.

2024 yilga kelib, u yana davlat tadbirlarida qatnasha boshladi. Masalan, Prezidentning Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida hamda Ozarbayjon va O‘zbekiston Prezidentlari ishtirokida mamlakat ishbilarmon doira vakillari bilan muloqotda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump 22 avgust kuni Putin va Zelenskiy bilan uch tomonlama sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Siyosat 17.08.2025 19:53

    'Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qilishdi'ning rasmi

    Siyosat 17.08.2025 19:00

    Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qilishdi

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Rossiya-AQSh sammitining asosiy natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga taʼziya yoʻlladi'ning rasmi

    Siyosat 17.08.2025 18:17

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga taʼziya yoʻlladi

    Pokistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi.

    'Latviyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi'ning rasmi

    Siyosat 15.08.2025 13:37

    Latviyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

    Tomonlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 14.08.2025 22:45

    ''ning rasmi

    Siyosat 09.08.2025 20:04