Latviyaning yangi tayinlangan elchisi Yaunzems Girts Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Tomonlar oʻzaro hamkorlikni kengaytirishdan manfaator ekanliklarini bildirdi.
Toshkentda Latviyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlangan Yaunzems Girts janoblari oʻz ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar. Xususan, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mintaqaviy sohalarda oʻzaro manfaali aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi qayd etildi.
Elchi Girts janoblari yangi lavozimiga tayinlangan bilan samimiy tabriklandi va Oʻzbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.